Qanday qilib agent bo'lish mumkin
Agentlik bitimini rasmiylashtirish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etish zarur:1. Kompaniya haqida maʼlumotnoma (sertifikat);
2. Turistik xizmatlarni taqdim etish uchun litsenziya;
3. Kompaniya muhri;
4. Kompaniya direktori pasportining nusxasi.
Bitimni direktorning oʻzi yoki direktordan tasdiqlovchi xatga ega vakil imzolashi mumkin.
Bitimni onlayn tarzda https://didox.uz saytida rasmiylashtirish mumkin.
Agentlik bitimini tuzish shartlari quyidagi bandlarni o‘z ichiga oladi:
- Sayyohlik agentligining elektron pochtasi doimiy ravishda, onlayn rejimda, ya’ni “Unblock” holatida bo‘lishi kerak.
- Korporativ mobil raqamlar doimiy ish holatida bo‘lishi va siz aloqa uchun kamida 2 raqamni ko‘rsatishingiz kerak. Xodim ishdan bo‘shatilgan yoki ishda bo‘lmagan holatlarda, mehnat ta’tilida yoki ishga layoqatsizlik holati yuzasidan davolanish ta’tiliga chiqqan paytda ham, kompaniya ofisining aloqa raqami doimiy onlayn rejimida bo‘lishi kerak.