

Mustaqillik bayramida qayerga uchish mumkin: bayram kunlari uchun 7 ta ajoyib yo‘nalish
Mustaqillik — o‘zingizga bir necha kunlik ta’til sovg‘a qilish uchun ajoyib sabab. Uzoq ta’tilni kutish yoki sayohatni bir necha oy oldindan rejalashtirish shart emas: yo‘nalishni tanlab, chamadonni yig‘ib, yaqin kunlardayoq dam olishga uchish mumkin.
Dengiz, quyosh, All Inclusive, Yevropaning shinam ko‘chalari yoki yorqin Abu-Dabi — bayram kunlarida sayohat qilish mumkin bo‘lgan yo‘nalishlarni jamladik.
Antalya — shunchaki dam olgingiz kelganda
Tasavvur qiling: dengiz bo‘yidagi mehmonxonada uyg‘onasiz, nonushta qilasiz, basseyn tomon yo‘l olasiz, keyin esa kun bo‘yi sohilda hordiq chiqarasiz. Hech qanday reja, ovqat tayyorlash yoki ish vazifalari yo‘q — faqat dam olish.
Antalya bunday dam olish uchun ayni muddao. All Inclusive formati esa deyarli barcha masalani oldindan hal qilish imkonini beradi.
Parvozlar — har kuni. 12 mln so‘mdan.
Fethiye — ko‘proq joylarni ko‘rgingiz kelganda
Fethiye — bu faqat dengiz emas. Bu feruza rang qo‘ltiqlar, yam-yashil tog‘lar, mashhur Moviy laguna va dengiz sayohatlaridir.
Bu yerda dengiz bo‘yidagi bir necha kunlik hordiqni yorqin taassurotlar bilan uyg‘unlashtirish va yozni uzoq vaqt eslatib turadigan suratlar bilan uyga qaytish oson.
Parvozlar — 25-avgust va 1-sentabr. 10 mln so‘mdan.
Marmaris — qarag‘aylar va dengiz bag‘ridagi ta’til
Marmaris go‘yo chiroyli yozgi ta’til uchun yaratilgandek: yam-yashil tog‘lar dengiz tomon tushib boradi, atrofda qarag‘ayzorlar va manzarali qo‘ltiqlar, kechqurun esa sohil bo‘ylab sayr qilgingiz keladi.
Hech narsa rejalashtirmaslik ham, dengiz sayohatiga chiqib, Egey sohilining yangi qo‘ltiqlarini kashf etish ham mumkin.
Parvozlar — 25-avgust va 1-sentabr. 9,8 mln so‘mdan.
Bodrum — chiroyli kurortda dam olgingiz kelganda
Oppoq uylar, qo‘ltiqdagi yaxtalar, feruza rang dengiz, restoranlar va shoshilmasdan kechki sayrlar — Bodrum o‘ziga xos muhitdagi dam olishni yoqtiradiganlar uchun mos.
Bu yerda kunlarni dengiz bo‘yida o‘tkazish, kechalarni esa sayr va chiroyli kechki ovqatlarga bag‘ishlash yoqimli.
Parvozlar — 26 va 30-avgust, 2 va 6-sentabr. 11 mln so‘mdan.
Abu-Dabi — manzarani o‘zgartirgingiz kelganda
Mustaqillik bayramini butunlay boshqacha tarzda — masalan, osmono‘par binolar, hashamatli mehmonxonalar va sharqona me’morchilik orasida o‘tkazish mumkin.
Abu-Dabi plyajdagi hordiq, shahar taassurotlari va ko‘ngilochar maskanlarni o‘zida uyg‘unlashtiradi. Kunni dengiz bo‘yida o‘tkazish, Yas Island’ga borish, mashhur diqqatga sazovor joylarni ko‘rish yoki shunchaki shahar muhitidan zavqlanish mumkin.
Parvozlar — har kuni. 10 mln so‘mdan.
Sharm-ash-Shayx — yozni uzaytirish uchun
Ta’til tugashini aslo istamasangiz, Sharm-ash-Shayx yozni uzaytirishga yordam beradi.
Iliq Qizil dengiz, marjon riflari, yorqin suvosti olami va All Inclusive mehmonxonalari — dengiz bo‘yida bir necha kun o‘tkazib, kundalik tashvishlardan butunlay uzilish uchun ajoyib tanlov.
Parvozlar — chorshanba va shanba kunlari. 9 mln so‘mdan.
Karlovi Vari — Yevropadagi bayram kunlari
Agar dengiz endi hayratlantirmasa, mutlaqo boshqa sayohat ssenariysini tanlash mumkin.
Karlovi Vari — nafis kolonnadalar, pastel rangli fasadlar, mineral buloqlar, shinam kafelar va yam-yashil tepaliklar orasidagi sayrlardir. Bu yerda hech qayerga shoshilmay, shahar bo‘ylab sayr qilish, buloq suvlaridan tatib ko‘rish va sokin Yevropa muhitidan zavqlanish mumkin.
Parvozlar — 29-avgust va 5-sentabr. 13 mln so‘mdan.
Mustaqillik — nihoyat sayohatga uchish uchun ajoyib sabab
Ideal bayramni qanday tasavvur qilishingiz muhim emas: Antalyada basseyn bo‘yida hordiq chiqarish, Fethiye va Marmaris qo‘ltiqlarini kashf etish, Bodrum muhitidan zavqlanish, Abu-Dabini o‘zingiz uchun ochish, Sharm-ash-Shayxda yozni uzaytirish yoki Yevropaning Karlovi Vari shahrida bir necha kun o‘tkazish.
Bu yil bayramni shunchaki uyda nishonlash shart emas. Uni haqiqiy sayohatga aylantirish mumkin.
Yo‘nalish va sanalarni tanlang hamda Mustaqillik ta’tiliga Asialuxe Travel bilan yo‘l oling.
Turni Asialuxe Travel’ning barcha ofislarida, Asialuxe.uz saytida va mamlakatdagi barcha turagentliklarda bron qilish mumkin.
Turni foizsiz muddatli to‘lov asosida rasmiylashtirish mumkin. Hozir sayohat qiling — keyin to‘lang: Asialuxe Travel bosh ofisida 6 oygacha foizsiz muddatli to‘lov.
Telefon: 1111
Sayt: asialuxe.uz
Facebook: fb.com/asia.luxe.travel
Instagram: @asialuxe.travel
Telegram: t.me/Asialuxe
Ulashish:
Рекомендуемые новости

Mustaqillik Special: Asialuxe Travel O'zbekiston Mustaqilligining 35 yilligiga bag'ishlangan maxsus takliflarni taqdim etdi

Mustaqillik bayramida qayerga uchish mumkin: bayram kunlari uchun 7 ta ajoyib yo‘nalish

Asialuxe Travel Barakat Juma aksiyasini boshlaydi — 48 soatlik maxsus takliflar va sovg‘alar

Yoz kutmaydi: 6 oyga foizsiz bo‘lib to‘lash — hozir dam oling, keyin to‘lang!
